Dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining -90 kg vazn toifasida g‘olib bo‘lgan Davlat Bobonovga oltin medalni Shavkat Mirziyoyevning o‘zi taqib qo‘ydi. «Prezident tomosha qilib o‘tirganidan keyin yutqazishga haqqim yo‘q edi», — dedi Bobonov. «Gazeta.uz» final uchrashuvidan fotoreportaj tayyorladi.
Olimpiya o‘yinlari sovrindori Davlat Bobonov dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi. Yakkalik bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik dzyudovchi Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida dunyo reytingida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Yana ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) avvalgi o‘rniga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 4-o‘rinni, Sardor Nurillayev (-66 kg) ham bir pog‘onaga pastlab, 6-o‘rinni egallab turibdi.
Tokiodagi Olimpiada o‘yinlari bronza medali sohibi, dzyudochi Davlat Bobonovning murabbiyi O‘ktam Rahmonov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega juda erta murabbiy bo‘lganligi, sportchilar amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalar hamda qanday shogirdni orzu qilishi haqida gapirib berdi.
Faxrga to‘lgan Bahodir Jalolov va Akbar Jo‘rayevning onalari, ikkinchi marta Olimpiadada qatnashgan taekvondochi Nigora Tursunqulova, bolalar sportini rivojlantirmoqchi bo‘lgan Oksana Chusovitina — Tokiodan qaytgan o‘zbekistonlik sportchilar “Gazeta.uz” muxbiriga intervyu berishdi.
Tokiodagi Olimpiadaning beshinchi kunida dzyudochi Davlat Bobonov bronza medali sohibiga aylanib, O‘zbekiston terma jamoasiga musobaqadigi ikkinchi medalni keltirdi. Bokschilar Mirazizbek Mirzahalilov va Dilshod Ro‘zmetovlar Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroklarini tugatishdi. Dzyudochi Gulnoza Matniyazova ham yakka bahslardagi ishtirokini muvaffaqiyatsiz yakunlab, aralash jamoaviy yo‘nalishdagi ishtirokiga tayyorlanadi.
-90 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi medalni taqdim qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting